Superliga. Ikkinchi davraning superstartida "Turon" mavsumdagi ilk g'alabasini "Buxoro" ustidan qo'lga kiritdi

Iskandarov Abdulaziz
27 iyul 2023
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Turon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca Cola Superligasi. 14-tur

27 iyul, payshanba

BUXORO – TURON 2:3

Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Jahongir Noraliev

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

AVAR: Zilola Rahmatova

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Fayzullobek Jumanqo'ziev (Shahzod Rahmatullaev) 20, Shohmalik Komilov (Abdulazizxon Abdurashidov) 63, Mahmud Jo'raboev (Muhammadjon Rahimov) 80, Shohruz Norxonov (penalti) 83, Asadbek Saitxonov 90+6

"Buxoro": 50. Luka Kukich, 2. Izatillo Po'latov (7. Muhammadjon Rahimov, 56) 5. Dilshod Jo'raev, 9. Jasur Xolto'raev  77. Asilbek Qayumov 22) 10. Humoyunmirzo Iminov, 11. Shohruz Norxonov, 15. Diyorbek Ortiqboev, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 70. Aleksandar Stanisavlevich, 88. Vsevolod Nixaev, 99. Javohir Ro'ziev

"Turon": 35. Rahimjon Davronov, 2. Abdulaziz Abdurashidov, 4. Asliddin Toshtemirov, 7. Shohmalik Komilov (40. Abega Enyang, 70) 14. Hurshidbek Muhtorov, 17. Nodirbek Mukarov, 18. Abdug'ani Kamolov, 22. Shahzod Rahmatullaev (A'zam Aliev,77) 44. Abubakir Ashurov, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 10. Humoyun Murtoaev (Asadbek Saitxonov, 70)

Chetlatish: Vsevolod Nixaev ("Buxoro") 15

Ogohlantirish: Aleksandar Stanisavlevich ("Buxoro") 43


MATNLI TRANSLYATSIYA 



Uchrashuv yakunlandi. 

90+6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Mana buni yakun deydi, mana buni gol deydi. Asadbek Saitxonov g'alaba golini urdi. 

90+5. Endi esa Nodirbek Mukarov vaziyatni ko'kka sovurdi. 

90+3. Abegaaaaa. Hujumga o'tgan Abega zarba yo'lladi, to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

87. "Buxoro"dan ajoyib kambek. Jamoa hujumlarni to'xtatmayapti. 

83. GOOOOOOOOOOL. Shohruz Norxonov penaltidan hisobni tenglashtirdi. 

80. GOOOOOOOOOOL. "Buxoro" hisobni qisqartirdi. Gol muallifi Mahmud Jo'raboev. 

77. O'ZGARISH. "Turon", Shahzod Rahmatullaev o'rniga A'zam Aliev tushdi. 

70. O'ZGARISH. "Turon", Shohmalik Komilov o'rniga Ngu Abega Enyang, Humoyun Murtozaev o'rniga Asadbek Saitxonov tushdi. 

63. GOOOOOOOOOOOOOOOL. "Turon" ikkinchi bo'limda ham raqib darvozasiga yo'l topdi. Abdulazizxon Abdurashidovning qanotdan uzatib bergan to'pini Shohmalik Komilov boshi bilan golga aylantirdi. 

57. ZARBAAAAA. Rahimovning zarbasi xavfli chiqdi. 

56. O'ZGARISH. "Buxoro", Izatillo Po'latov o'rniga Muhammadjon Rahimov tushdi. 

54. Shohmalik Komilov ikkinchi bo'limda "Turon"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45. Tanaffus. 

43. OGOHLANTIRISH. "Buxoro", Aleksandar Stanisavlevich. 

39. Norxonovdan zarba, noaniq. 

33. O'yin tempi biroz pastladi. 

22. O'ZGARISH. "Buxoro" Jasur Xolto'raev o'rniga Asilbek Qayumov tushdi. 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Hozir aytib turgan edim. Jumanqo'ziev bugun juda faol. Mana shu faolligi esa golga olib keldi. Chamasi 20 metrlar olisdan yo'llangan zarba rekoshet orqali darvozaning yuqori burchagiga borib tushdi. 

18. Yaypanliklar safida Jumanqo'ziev bugun juda faol. 

16. Qizil kartochkadan so'ng "Turon" ustunlikni qo'liga oldi. 

15. CHETLATISH. "Buxoro" legioneri Nixaev "Turon" futbolchisi Jumanqo'zievga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam vaziyatni VARda ko'rdi va qizil kartochka ko'rsatdi. 

9. "Buxoro" futbolchisi Aleksandar Stanisavlevichning zarbasini Davronov muammosiz ushlab oldi. 

4. "Turon" posboni Rahimjon Davronovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Hammasi joyida. 

2. Mezbonlar ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirdi. Samarasiz. Iminovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

- Uchrashuv boshlandi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia