

Jamoalar o'z raqiblarini aniqlab olishi oldidan qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashamiz.
Chempionat tarixi davomida ikki juftlik 1-turda eng ko'p (5 marotaba) to'qnash kelgan, bular: "So'g'diyona" - "Andijon" va "So'g'diyona" - "Bunyodkor".

Farg'onaning "Neftchi" klubi ilk turda jami 20 ta jamoa bilan to'qnash kelgan holda bu ko'rsatkich bo'yicha yetakchilik qilmoqda. "Paxtakor" va "Navbahor" chempionatni 19 ta turli raqibga qarshi boshlagan.

Navoiyning "Zarafshon" jamoasi qur'aning ilk turida takror ro'baru kelmagan eng ko'p raqibga qarshi maydonga tushgan jamoa sanaladi. Oxirgi marta viloyatning boshqa jamoasi - "Qizilqum" bronza medalini egallagan mavsum yuqori divizionda ishtirok etgan "Zarafshon" olti mavsum davomida 6 ta jamoa bilan to'qnash kelgan.
Qadrli futbol ixlosmandlari! Yangi mavsumning ilk turida qaysi juftliklar tushishini taxmin qilyapsiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.



