Superliga: AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvini Akobirxo'ja Shukrullaev boshqaradi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2018
Superliganing 4-tur doirasidagi AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvi 31 mart kuniga belgilanganidan ham xabaringiz bor.

Ushbu uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi tasdiqlandi. O'yinni toshkentlik Akobirxo'ja Shukrullaev boshchiligidagi hakamlar boshqaradigan bo'lishdi.

AGMK – “Lokomotiv”
31 mart. Olmaliq shahri. Soat 18:00.
Hakamlar:
A.Shukrullaev (Toshkent), S.Hakimov (Samarqand), SH.Qamarov (Samarqand), G'.Jo'raev (Namangan).
Nazoratchi – F.Abdullaev (Toshkent).
Komissar – L.Qo'chqorov (Toshkent).
 
Shuningdek, mazkur turning 30 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan “Nasaf” – “Metallurg” jamoalari uchrashuvining qanot hakamlari ham o'zgargan. Oldindan tayinlangan T.Gaynullin va A.Sapenko 27 mart kuni Osiyo Kubogi-2019 saralash musobaqasining Livan va Malayziya terma jamoalari uchrashuvida xizmat qilishlari bois, ichki chempionat o'yinlaridan ozod etilishdi. Ularning o'rniga “Nasaf” – “Metallurg” uchrashuviga qanot hakamlari sifatida namanganlik M.Majidov va R.Fozilov tayinlandi.
 
“Nasaf” – “Metallurg”
30 mart. Qarshi shahri. Soat 20.00.
Hakamlar
: SH.Qosimov (Toshkent), M.Majidov (Namangan), R.Fozilov (Namangan), D.Klepikov (Toshkent).
Nazoratchi – R.Serazitdinov (Toshkent).
Komissar – S.Qudratullaev (Toshkent).  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz