Superliga-2020. Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonlar

Narzulla Saydullayev
11 dek 2020, 12:05
2020 yilgi Superliga yakunlariga bag'ishlangan statistik ma'lumotlarni berishda davom etamiz.

Yakunlangan mavsum O'zbekiston chempionatida bir yo'la ikki nafar posbon 12tadan o'yinda o'z darvozasi dahlsiziligi saqlab qoldi.

"Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov 17ta o'yinning 12tasida gol o'tkazgani yo'q. "Mashal" darvozaboni Rahimjon Davronov esa 24ta o'yindan yarmida o'z darvozasidan to'p olib chiqqani yo'q.

"Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov 24ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 marta "quruq o'yin" o'tkazdi.

"Paxtakor" a'zosi Eldorbek Suyunov 21ta o'yinning 10tasida gol o'tkazmadi.

"Metallurg" posboni Aleksandr Lobanov hisobida 9ta quruq o'yin bor (25ta uchrashuvda o'ynagan).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia