

Mazkur tur doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” akciyasi tashkil etiladi.
Qayd etish joiz, 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sanaladi. Yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash, barchani ogohlikka chorlash hamda sport bilan oshno tutinishini targ'ib etish maqsadida Superliga 12-tur uchrashuvlarida giyohvandlikka qarshi kurashni targ'ib etish bo'yicha akciya tashkil etiladi.
Uchrashuvlar payti stadion tablolarida maxsus videoroliklar namoyish etilib, futbolchilar sog'lom turmush tarziga chorlovchi maxsus bannerlar oldida suratga tushishadi.



