Superliga. 12-tur o'yinlarini boshqaradigan hakamlar ma'lum

Tolibjon Qosimov
14 may 2018
Bugun "Nasaf" – "Neftchi" uchrashuvi bilan Superliganing 12-tur uchrashuvlariga start beriladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Eron davlatida mahalliy milliy terma jamoa bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi munosabati bilan 12-tur o'yinlari muddatiga o'zgartirish kiritilganligidan xabaringiz bor. Shunga ko'ra, 12-tur bitta o'yin bilan bugun start oladi, ertaga yana uchta o'yin o'tkaziladi. Ikkita uchrashuv sanasi esa 22 may kuniga belgilangan.

Bugungi “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvini Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Superliga. 12-tur
14 may (dushanba)

“Nasaf” – “Neftchi”. 18:00
Hakamlar:
A.Asimov, T.Galeev, A.Sidorov, SH.Rajabov.
Nazoratchi – A.Xotamov.
Komissar – B.Namozov.


15 may (seshanba)

AGMK – “Bunyodkor”. 18:00
Hakamlar:
O.To'ychiboev, R.Kapadze, SH.A'zamov, D.Karimov.
Nazoratchi – N.Lutfullin.
Komissar – R.Chernikov.

“Navbahor” – “Metallurg”. 18:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, A.Rahimov.
Nazoratchi – D.Roman.
Komissar – L.Qo'chqorov.

“So'g'diyona” – “Paxtakor”. 18:00
Hakamlar:
I.Tantashev, A.Sapenko, A.Kalinin, N.Qosimov.
Nazoratchi – M.Ismoilov.
Komissar – M.Saidqosimov.


22 may (seshanba)

“Qo'qon-1912” – “Buxoro”. 18:49
Hakamlar:
V.Kovalenko, R.Serazetdinov, T.Gaynullin, A.Ergashev.
Nazoratchi – I.Nexochin.

“Lokomotiv” – “Qizilqum”. 18:56
Hakamlar: 
A.Risqullaev, X.Shodmonov, A.Burov, F.Yansupov.
Nazoratchi – R.Serazetdinov.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz