Superkompyuter La Liga starti oldidan "Barselona" va "Real"ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi

12 avg 2026, 09:45
Opta superkompyuteri 2026/2027 yilgi mavsum starti oldidan "Barselona" va Madridning "Real" klubining Ispaniya La Ligasidagi chempionlik imkoniyatlarini baholadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona"ning sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati 45,2 foizni, "qaymoqranglilar"da esa bu ko'rsatkich 32,3 foizni tashkil etadi. Madridning "Atletiko" klubining turnirdagi g'alaba qozonish ehtimoli 8,4 foizga teng.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra "Barselona" Ispaniya chempioni bo'ldi. Kataloniya jamoasi 38 ta o'yinda 94 ochko to'pladi. "Real" 86 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rindan joy oldi.

La Ligada 2026/2027 yilgi mavsum 15 avgust kuni start oladi. 1-turda "Barselona" o'z maydonida Bilbaodan "Atletik"ni qabul qiladi (27 avgust), "Real" esa o'z maydonida bir kun oldin "Real Sosedad" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta