Superkompyuter Bundesliga favoritlarini aniqladi. "Bavariya" bilan qaysi jamoa raqobatlashadi?

Sherzod Nurmatov
22 avg 2025
Opta superkompyuteriga ko'ra, "Bavariya" Germaniya chempionati yangi mavsumining so'zsiz favoriti hisoblanadi.

Myunxen klubining chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli 52,9%. Bu Bundesliganing barcha jamoalari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.

"Bavariya"ning milliy chempionatdagi asosiy raqibi "Bayer" bo'lib, "farmacevtlar"ning g'alaba qozonish ehtimoli 16,9% ni tashkil qiladi.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi ham yakuniy g'alabaga 15,8 foizlik ehtimol bilan mavsum favoritlari uchligidan joy oldi. Boshqa barcha jamoalarning chempionlikka erishish imkoniyati 5% dan kam.

Kuchli to'rtlikka asosiy davogarlar "Bavariya" (91,6%), "Bayer" (69,5%), "Borussiya" (68%), "Ayntraxt" (36,4%), "Shtutgart" (28,7%) va "Leyptsig" (27,4%).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta