Sulsher ketgan taqdirda MYUni boshqarishi mumkin bo'lgan yana bir nomzod paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
16 mar 2020
"Manchester Yunayted"ning ushbu mavsumdagi natijalariga qaramasdan Ed Vudvord jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarmoqchi.

"Daily Star" xabariga ko'ra, klub ijrochi direktori ayni damda "Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni nishonga olgan. Uning tayinlanuvidan keyin myunxenliklar 21 o'yinning 18tasida g'alabaga erishdi.

O'z navbatida "Manchester Yunayted" ham so'nggi 11 o'yinida 8 g'alaba va 3 durang qayd etdi. 29 gol urib, 2 bora o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star