Sulsher - darvozabonlar muammosi haqida: "Bu bizda juda yoqimli muammo"

Mirjalol Normatov
14 fev 2021
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoadagi darvozabonlar David De Xea va Din Xendersonning o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi.

"Gap kimning qancha sovrin yutganida emas. Tarkibda shunday darvozabonlarni olib o'tirganim - mening omadim. Dinni qaytarib olish orqali juda katta raqobat uyushtiryapmiz. Har doim o'yinlarda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatayotgan Xendersonni hisobdan chiqarish juda qiyin bo'ldi.

Ayni damda jamoaga siz ko'p narsa bera olishingiz mumkin. Bu gap o'ng, chap qanot himoyachilari, vingerlarga ham tegishli. Futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushishlari uchun qattiq harakat qilishlari kerak.

Bizda har bir nuqta uchun ikkitadan futbolchilar bor. Ularning barchasi asosiy tarkib uchun munosib. Bu borada darvozabonlik nuqtasi ham vinger yoki forvardlarnikidan qolishmaydi. Bu naqadar yoqimli muammo ekanligini tushunib turibsiz.

Barchasi sizning jamoaning o'yiniga qanchalik salmoqli hissa qo'shishingizga bog'liq", - dedi Sulsher.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal