Suhrob Berdievning oyog'i operaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2020
"Qo'qon-1912" jamoasining tajribali yarim himoyachisi Suhrob Berdiev , superliganing 21-turidan o'rin olgan AGMKga qarshi o'yinda jiddiy jarohat olgan edi.

Shifokorlarning so'nggi xulosalaridan ko'ra Berdiev jarrohlik stoliga yotishiga to'g'ri keldi. Toshkentdagi ortopediya va travmatologiya ilmiy tekshirish institutida o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda yakunlandi.

Bir necha daqiqa oldin Suhrob Berdiev bilan video aloqa tarzida gaplashganimizda, Suhrob Berdiev o'zini yaxshi his qilayotganini, hozirda ahvoli yaxshi ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek Berdiev uning uchun xavotir olib, qayg'urgan barcha insonlarga, jamoa rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar hamda muxlislarga o'zining minnatdorchiligini etkazib qo'yishimizni iltimos qildi.

Shifokorlarning takidlashlaricha Berdievning operaciyasi yaxshi o'tgan va u yana oyoqqa turib futbol muxlislarini o'zining chiroyli o'yinlari bilan xursand qila oladi. Faqat buning uchun ma'lum muddat talab qilinadi. U muddat esa taxminan 6-7 haftani tashkil qiladi.

Suhrob Berdievga yaratgandan shifo so'raymiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz