Suares "Atletiko" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2020, 20:02
Xabaringiz bor, kuni kecha futbolchi "Atletiko" a'zosiga aylangan edi.

Bugun urugvaylik futbolchi shartnoma tuzishdan avvalgi jarayondan, yani "Atletiko"da tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Avvalroq Kataloniya klubining Suares transferidan 6 mln evrogacha bo'lgan turli xildagi bonuslarga ega bo'lishi mumkinligi aytilgandi. Bundan tashqari, agar “Atletiko” YCHLda 1/4 finalga chiqadigan bo'lsa, “Barselona” 2 mln evro ishlab oladi.

Ma'lumot uchun, Luis Suares 2014 yildan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi. U jamoa safida jami 283 ta o'yinda qatnashib, 198 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com