Rasman: Depay - "Atletiko Madrid" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
20 yanv 2023
Madridning “Atletiko” klubi “Barselona”dan Memfis Depayni sotib olganini e'lon qildi.

28 yoshli hujumchi bilan shartnoma 2,5 yilga mo'ljallangan. "Barselona" Depay uchun 3-4 million evro olishi xabar qilinmoqda.

Joriy mavsum Memfis "Barselona" safida barcha musobaqalarda 4 o'yinda 1 ta gol urdi. Umumiy hisobda u maydonda 206 daqiqa harakat qildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: atleticodemadrid.com