Styuart Dauning 8 yildan so'ng Angliya premer-ligasida gol urdi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2016, 12:45
Kecha APL 10-turida "Midlsbro" o'z uyida "Bornmut"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinda mezbonlar safida yarim himoyachilar Gaston Ramires va Styuart Dauning gol urishdi. Shu tariqa, Dauning 3093 kundan so'ng Angliya premer-ligasi doirasidagi bahsda to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi bor futbolchi APLda 2008 yilning may oyida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda gol urgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe