Stiven Jerrardning “Reynjers”ini to'xtatib bo'lmayapti

Eldor Akmurzayev
9 noya 2020
Shotlandiya chempionati 14-turida “Reynjers” o'z maydonida “Gamilton”ni qabul qilib, 8:0 hisobida zafar quchdi.

Stiven Jerrard boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida 38 ochko to'plagan holda yaqqol peshqadamlik qilmoqda. 2-o'rindagi “Seltik” esa yetakchidan 11 ochkoga ortda qolmoqda.

Ma'lumot o'rnida, “Reynjers” joriy mavsum birorta ham uchrashuvda mag'lub bo'lmadi. Jamoa 20 o'yinda maydonga tushib, ulardan 16 tasini quruq o'tkazgan va to'plar nisbati esa 54-7.

Glazgoliklar Yevropa Ligasi “D” guruhida ham 7 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: squawka