Sterling: "Chelsi" muxlislari bunga o'rganmagan"

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023
"Chelsi" hujumchisi Rahim Sterlingning fikricha, jamoa muxlislari bundan ham ko'proq narsaga loyiq.

"Biz bilamizki, "Chelsi" muxlislari bunga o'rganmagan, biroq butun davrdagi vaziyatni ko'rib chiqishimiz lozim. Imkon qadar ijobiy munosabatni saqlab qolishimiz, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga harakat qilishimiz kerak", – dedi Sterling.

APLning 32-turidan keyin "Chelsi" 39 ochko bilan musobaqa jadvalida 11-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun