Starrij: "Liverpul"da baxtliman, Klopp bilan hech qanday mojaro bo'lmagan"

Aslanov Jasurbek
7 may 2016, 15:18
"Liverpul" hujumchisi Deniel Starrijning takidlashicha, u va qizillar ustozi Yurgen Klopp o'rtasida hech qanday muammo yo'q.

"Hech qachon klubda baxtsizdek ko'rinmaganman. Maydonga tushmayotgan ekanman, bu xafa degani emas. Murabbiy o'z vazifasini bajaryapti.  U o'zi kerak degan qarorni qabul qiladi.

Men va murabbiy o'rtasida hech qanday kelishmovchilik bo'lmagan. Tarkibni tanlash - uning ishi. Bu jamoaviy o'yin va agar boshqasi tanlansa ham tushkunlikka tushmasligim lozim. O'ynamasam xafa bo'lishim mumkin, ammo bu har bir futbolchi uchun odatiy holat" - deydi Starrij.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo