Srechko Katanets "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvini stadiondan turib kuzatdi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2021
Srechko Katanets O'zbekiston kubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvini stadiondan turib tomosha qildi va MTJga nomzod futbolchilarni o'yinini kuzatdi.

Sloveniyalik mutaxassis "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan yurtimiz futboli hamda o'zbekistonlik futbolchilarning potenciali xususida suhbatlashdi va kelajakda o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Shuningdek, Srechko Katanetsning yordamchilari Olmaliq shahrida bo'lib, AGMK va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi bahsni kuzatib bordi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz