Srechko Katanets Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi o'yinlar uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi. Masharipov bu yig'inni o'tkazib yuboradi

Iskandarov Abdulaziz
17 sen 2022
Joriy yilning 19 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.

Yig'inning dastlabki kuni Toshkentda o'tadi, keyin esa jamoamiz Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yo'l oladi. O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning yakuniy tarkibini e'lon qildi. 

Ma'lumot uchun, Jaloliddin Masharipov ayni paytda jarohatdan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. "Al Nassr" klubining murojaatiga asosan futbolchi bu yig'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. 


Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Pari NN”), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Fatix Karagumruk"), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Ural"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Shahboz Umarov ("Ordabasi"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Xojimat Erkinov ("Torpedo")

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma"), Igor Sergeev ("Tobol")



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати