Srechko Katanets Bunyodkor stadionida bo'ldi

Alisher
19 avg 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgan Srechko Katanets Toshkentga yetib kelganidan xabaringiz bor.

Bugun sloveniyalik mutaxassis O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamrohligida Bunyodkor stadioniga tashrif buyurdi.

Srechko Katanets Bunyodkor futbol akademiyasi, stadioni va klubi faoliyati, infratuzilmasi, har bir maydon holati, futbol mashg'ulotlari uchun yaratilgan barcha sharoitlarini ko'zdan kechirdi.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz