Rossiya sport sayti Eldor Shomurodov haqida: "Bu mavsumda "Oltin butsa"ni kim olishini bilamiz shekilli"

Alisher
7 okt 2019
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov kecha Rossiya premer-ligasining joriy mavsumidagi 10-golini urdi.

Kecha, Rossiya premer-ligasi 12-turi doirasidagi SSKA hamda "Rostov" jamoalari o'rtasida o'yin bo'lib o'tdi.

E'tiborlisi, mehmonlar tarkibida harakat qilayotgan o'zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov o'yinning 61-daqiqasida gol urib hisobni yiriklashtirdi.

Rossiyaning yetakchi sport saytlaridan biri "Sports.ru" o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Shomurodov haqida post qoldirdi.

"Bu mavsumda "Oltin butsa"ni kim olishini bilamiz shekilli", - deyiladi postda.



Rossiya premer ligasi turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati


AlisherMuallif
Manba: sports.ru