"Sporting" murabbiyi: "Brunu Angliyada o'ynashni xohlamoqda"

Tolibjon Qosimov
18 yanv 2020
"Sporting" bosh murabbiyi Silash "Manchester Yunayted" qiziqayotgan yarim himoyachi Brunu Fernandesh jamoasini almashtirmoqchi ekanligini tasdiqladi.

"U biznikidan kuchliroq bo'lgan chempionatda o'ynamoqchi. Qaysi futbolchi Angliyada to'p tepishni xohlamaydi? Unga "Ketma", - deb aytish qiyin.

Brunu bunday ligada o'ynashga munosib. U eng yaxshilardan biri bo'lsa, u erda bo'lishga haqli", - dedi Silash.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com