Sport.es: Deulofeu bu sening vaqting

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele "Xetafe"ga qarshi LaLiganing 4-tur uchrashuvida jarohat oldi.

Kataloniya klubi rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, fransiyalik forvard 4 oygacha maydonga tusha olmaydi va shu hafta Finlyandiyada operaciya qilinadi. Endi Dembelening poziciyasida Xerard Deulofeu o'ynashi va o'zini ko'rsatishi mumkin. Bu ispaniyalik uchun katta imkoniyat.

Ispaniyaning Sport.es nashri o'zining bugungi gazetasi muqovasini quyidagi so'zlar bilan chiqardi:

DEULOFEU, BU SENING VAQTING!



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia