Sport TV AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi nega jonli namoyish etilmaganini ma'lum qildi. Ayb "Uztelecom"da ekan

Narzulla Saydullayev
17 avg 2020, 22:17
O'zbekiston Superligasining bugungi uchta uchrashuvi MTRK telekanallari orqali jonli efirda namoyish etilishi kerak edi.

Biroq, Toshkentda o'tgan turning markaziy AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi efirga berilmadi. "Sport" telekanali rejasiga ko'ra, har uchala uchrashuv ham jonli efirda namoyish etilishi kerak edi.

Biroq stadion va MTRK oralig'ida signal aloqasida muammo yuzaga kelib, reportaj efirga kyetmadi. Ayni holat uchun javobgarlik MTRK va "Sport" telekanali zimmasida emas! Aloqa uchun mas'ul tashkilot bor ("Uztelecom" AJ).

Telekanalimiz xodimlari mazkur uchrashuvni yozib olishdi. Uchrashuv 18 avgust kuni soat 09:00dan boshlab "Sport" telekanalida efirga uzatiladi!", - deb yoziladi Sport TVning telegramdagi rasmiy kanalida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia