"Sport" telekanali bugun qaysi uchrashuvlarni namoyish etadi?

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017
Bugun O'zbekiston chempionati 18-tur uchrashuvlaridan joy olgan 3 ta bahs bo'lib o'tadi.

"Dinamo" - "Paxtakor" 18:00

"Metallurg" - "Lokomotiv" 19:00

"Nasaf" - "Bunyodkor" 19:30

"Sport" telekanali ushbu bahslardan qay birini bugun efirga uzatishi bilan qiziqib, MTRK saytiga ko'z yugurtirdik. Berilgan ko'rsatuvlar jadvali bo'yicha, 19:20 dan boshlab "Nasaf" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi bahs efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 23:40 da Fransiya chempionatining 3-tur o'yinlaridan biri bo'lgan - "Mec" hamda "Monako" o'rtasidagi uchrashuv muxlislarga taqdim etilishi belgilab qo'yilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia