“Speciya”ning asosiy hujumchisi jarohat olgan

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2023
M'Bala Nzola jarohati tufayli oxirgi 2 uchrashuvda ishtirok etmadi.

Qayd etilishicha angolalik futbolchi o'ng oyog'ida muammolar his etmoqda. U 20 kunga safdan chiqqani xabar qilinmoqda.

26 yoshli Nzolo joriy mavsum A Seriyada 18 uchrashuvda qatnashib, 9+1 natija ko'rsatmoqda. Kubokda esa u 2 bahsda 2+1 natijaga erishgan.

Ma'lumot o'rnida, “Speciya” keyingi o'yinini chempionat 21-turi doirasida o'z maydonida 5 fevral kuni peshqadam “Napoli”ga qarshi o'tkazadi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 18 ochko bilan autsayderlar qatoriga yaqin bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: tag24.it