

Emir Spaxichning "Bayer" bilan tuzgan shartnomasi bekor qilindi. Himoyachi stadion ishchisi bilan urushib qolgani tufayli "Bayer" Spaxich bilan o'rtadagi bitimni buzdi. Endilikda futbolchi erkin agent sifatida "Gamburg" safiga borib qo'shiladi. Spaxich tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.



