"Spartak" yarim himoyachisi faoliyatini Qatar klubida davom ettirishga yaqin

Alisher
22 iyul 2019
Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Sofian Xanni Qatar klublaridan biriga o'tishga yaqin.

28 yoshli futbolchi yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Doxaga tashrif buyurdi. Hozircha bu klubning nomi ma'lum emas.

Xanni faoliyatini "Nant"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Spartak"ga qadar "Kayseri Erdjiesspor", "Osmanlispor", "Mexelen" va "Anderlext" kabi klublarda o'ynagan.

Yarim himoyachi 2016 yildan buyon Jazoir terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Futbolchi 2016/2017 yilda Belgiya chempioniga aylangan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sport24