"Spartak" sobiq futbolchisi: "Fayzullaev yozda top-5 chempionatga yo'l olishi mumkin"

Iskandarov Abdulaziz
30 okt 2024, 10:05
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq futbolchisi Eduard Mor Abbos Fayzullaevning 2024 yilda Osiyoning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" sifatida tan olinishiga o'z munosabatini bildirdi.

"Fayzullaev juda yaxshi va istiqboli bor futbolchi. U kichkina, ozg'in bo'lishiga qaramay kurashlarda samarali harakat qiladi. Qaysidir manoda noodatiy harakatlari bor. Maydon markazida o'yinni yaxshi rivojlantirish va keskinlashtirish qobiliyatiga ega. Abbos bu mukofotga loyiq edi. Ishonamanki, u yozda top-5 chempionatlaridan jiddiyroq Yevropa klubiga ketadi",- deydi Eduard Mor "Match TV"ga bergan intervyusida.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Матч ТВ