"Spartak" - "Paxtakor" uchrashuvini kim sharhlashi ma'lum bo'ldi
Aslanov Jasurbek
22 fev 2020, 15:38
Bugun, 22 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da Moskvaning "Spartak" hamda "Paxtakor" o'rtasida o'rtoqlik uchrashuviga start beriladi.
Bahs Moskva klubining uy stadioni "Otkritie Arena"da bo'lib o'tadi. Uchrashuv "Match TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. O'yinni mashhur Denis Kazanskiy sharhlab boradi.