"Spartak" O'runov bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda

Alisher
16 avg 2022
"Spartak" bosh direktori Evgeniy Melejikov "qizil-iblislar" yarim himoyachi Oston O'runov bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

- Oston O'runov bilan ishlar qanday ketmoqda? U bilan bitim bekor qilinadimi?

- Ushbu haftada uni taklif qilganman va gaplashib olamiz. Menimcha, bitim bekor qilinadi. U hozirda yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda.


O'runovning "Spartak" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

U Moskva klubida 2020 yildan beri o'ynaydi. Xavbek 9ta o'yinda 1ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru