Son o'zining APLdagi 200-o'yinida urgan goli "Tottenxem"ga g'alaba taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2021
"Tottenxem" "Uotford"ni mag'lubiyatga uchratdi

APL 3-turi doirasida "Tottenxem" "Uotford" ustidan minimal hisobda zafar quchdi. Yagona golga Son Xyon Min mualliflik qildi. Qizig'i shundaki, Son o'zining APLdagi 200 o'yinida jamoasiga g'alaba taqdim etdi. Koreyalik futbolchi shu davr mobaynida 72 gol va 43 assist qayd etishga erishgan.

"Tottenxem" - "Uotford" 1:0

29 avgust, 18.00, Tottenxem Xotspur Stedium

Gol: 1:0 – 42 Son Xyon Min.

"Tottenxem" – Loris, Tanganga, Dayer, Sanches, Regilon, Son Xyon Min (Xil, 88), Xeyberg, Alli, Skipp, Keyn, Bergveyn (Lukas Moura, 68).

"Uotford" – Baxmann, Ketkart (Ngakia, 51), Trost-Ekong, Serralta, Mazina, Sissoko (Kleverli, 71), Kucka, Etebo, Sarr, King (Ernandes, 65), Dennis.

Ogohlantirishlar: Etebo (29), Keyn (45), Sissoko (54), Alli (61), Skipp (85), Dennis (90).



Shu bilan birga, APLning 3-turi doirasida "Byornli" o'z uyida "Lids"ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi gollar ikkinchi taymda kiritildi. 61 daqiqida Kris Vud "Byornli"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 86 daqiqada Patrik Bemfordning goli "Lids"ga bir ochko taqdim etdi.

"Byornli" – "Lids" 1:1 

29 avgust, 18.00, Terf Mur

Gollar: 1:0 – 61 Vud, 1:1 – 86 Bemford.

"Byornli" – Poup, Louton, Mi, Tarkovski, Teylor, Gudmundsson (Lennon, 63), Vestvud, Braunxill, Vud, Barns (Vydra, 79), Maknil.

"Lids" – Mele, Kuper, Lorente (Sheklton, 65), Streyk, Eyling, Dallas, Fillips, Xarrison, Rodrigo (Roberts, 73), Bemford, Rafinya.

Ogohlantirishlar: Braunxill (19), Barns (28), Fillips (38), Mi (45), Rodrigo (53), Streyk (81), Lennon (90).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia