Solari: "Pogba - hozirda "Real"ni kuchaytira oladigan yagona futbolchi, ammo..."

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Santyago Solari yarim himoyachi Pol Pogbaning transferi haqida gapirdi.

"Fikrimcha - bu shunchaki xomhayol. Ammo hozirda "Real"ni kuchaytira oladigan boshqa bir nomzodni ham ayta olmayman. Klubda bunday qarorni qabul qiladigan insonlar bor.

Undan tashqari, Pogba "Real"ga o'tadigan bo'lsa, markazda katta raqobat paydo bo'ladi. Oqibatda, qaysidir yulduz zaxiraga mixlanadi", - dedi Solari.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca