Solari davrida taroziga chiqmagan Iskoda 4,5 kg ortiqcha vazn bor ekan

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 16:22
OK Diario jurnalisti Eduardo Inda "Real" yarim himoyachisi Iskoning vazni bilan bog'liq muammo haqida gapirdi.

"Iskoning vazni keragidan ortiqcha. Yuqori darajadagi futbolchi uchun 4,5 kg ortiqcha vazn - bu juda katta raqam.

U taroziga chiqishdan bosh tortgan. Menga aytishlaricha, u to'rt oydan beri vaznini o'lchatmagan ekan. Chempionlar ligasi finalidan so'ng unda ideal vazn bo'lmagan. Solari aynan shu sababli Iskoga etiroz bildirgan" - deydi Inda.

Solari davrida "Real" futbolchilari har dushanba vazn o'lchashgan. Isko talabni bajarmagan


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: OK Diario