Solari davrida "Real" futbolchilari har dushanba vazn o'lchashgan. Isko talabni bajarmagan

Aslanov Jasurbek
12 mar 2019
"Real" sobiq bosh murabbiyi Santyago Solari va yarim himoyachi Isko o'rtasidagi kelishmovchilik sabablari ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Solari jamoaga kelishi bilan yangi qoida o'rnatgan: Har dushanba vazn o'lchash. Isko taroziga chiqishdan bosh tortgan.

Futbolchi Santyago Solari davrida taroziga umuman chiqmagan ekan.

Klub murabbiy talabi bilan futbolchiga nisbatan intizom ishi ochishga majbur bo'lgan.

Isko Solari davrida kam maydonga tushgan, so'nggi vaqtlarda umuman qaydnomaga kirmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As