“So'g'diyona” stadioniga ekskursiya tashkil qilindi

Narzulla Saydullayev
13 may 2018, 13:16
Mamlakatimizda futbolni va sportni rivojlantirish,ommalashtirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan,stadionlarga muxlislarni qaytarish, yurtimizdagi futbol o'yingohlari bo'ylab  ekskursiyalar tashkil qilinmoqda.

Kuni kecha “So'g'diyona” stadioniga Zomin tumanidagi kollej  o'quvchilari uchun stadionimizga sayohat uyushtirishdi. Ular tashrifi davomida stadion muzeyi,kiyinish xonalari si va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishdi. O'quvchilar “So'g'diyona” futbolchilari bilan suhbat qildilar. Esdalik uchun suratga tushdilar. So'ngra, “So'g'diyona”-“Bunyodkor” o'yinini bevosita stadondan turib tomosha qilishdi. O'yindan so'ng o'quvchilar “So'g'diyona” raxbariyatiga o'z minnatdorchiligini izhor qilishdi.

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати