“So'g'diyona” - “Neftchi” o'yinini Vladislav Seytlin boshqaradi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2018, 19:22
O'zbekiston Surerligasi 2-tur doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.

Ushbu bahs hakamlar nomi ma'lum. O'yinni Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Mo'min Madjidov (Namangan), Rasul Fozilov (Namangan) yordam berib borishadi. Zahiradagi hakam Ravshan Abduvohidov (Qarshi).

Nazoratchi: Sardor Najafaliev

O'yin vaqti: Yoshlar ligasi 9 mart soat 16:00 da G'allaorol tumanidagi “G'allaorol” stadionida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi soat  10 mart kuni 18:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати