“So'g'diyona” – “Mashal” o'yini oldidan murabbiylar fikri

Narzulla Saydullayev
14 mar 2014
Ertaga oliy ligaga start beriladi. “Mashal” 1-turni safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazadi.
Taxminimizcha, juda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Xo'sh, o'yin borasida kim qanday fikrda? “Futbol Ekspress” gazetasi yaqinda taniqli murabbiylar Bahrom Hakimov va Zoir To'raqulovga murojaat qilib, ularning o'yindan oldingi fikrini bilishga qiziqdi.

Bahrom Hakimov: “So'g'diyona”ni qishda ayrim yetakchi o'yinchilar tark etishdi. “Mashal” esa bu yilgi PFL Kubogini yutdi. Ko'pchilik, bu jamoa haqida iliq fikrlarni bildiryapti, lekin men bir narsa deyishga qiynalaman. Zomindagi stadionning hozirgi ahvoli qanaqaligidan ham xabarim yo'q. Agar maydon haliyam tayyor bo'lmasa, u holda bu narsa “So'g'diyona”ga qo'l kelishi mumkin.

Zoir To'raqulov: Bilishimcha, “So'g'diyona” tarkibini unchalik kuchaytirgani yo'q. Jamoada moliyaviy muammolar borligi haqidagi gap-so'zlar ham quloqqa chalinyapti. “Mashal” esa birinchi ligadan yana oliy ligaga qaytdi va jamoa o'zini ko'rsatishga harakat qilishi turgan gap. Menimcha, bu o'yinda “Mashal” g'alaba qozonadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz