“So'g'diyona” “Dinamo”ga qarshi tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2017
Oliy liga 7-turida "So'g'diyona" “Neftchi”ni qabul qildi va o'z maydonida ilk bor mag'lubiyatga uchradi (0:1).

Bugun jamoa “So'g'diyona” qarorgohida yig'ildi va 8-turdagi raqibi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlab yubordi. Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqda. 29 aprelda jamoa safarda “Dinamo”ga qarshi maydonga tushadi. O'yin  17:00 da “Dinamo” stadionida boshlanadi.

Yoshlar ligasi bahsi 28 aprel kuni soat 16:00 da “Olimpiya” stadionida bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuoti xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia