“So'g'diyona” “Buxoro” ga qarshi tayyorgarlik boshladi

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2017, 11:22
Oliy liganing 14-turida “So'g'diyona” safarda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Kecha ertalab jamoa “So'g'diyona” qarorgohiga yetib keldi va mashg'ulotlarni boshladi. Jamoa yarim himoyachisi Alisher Maxmudov jarohiti sabab “Qo'qon-1912” bilan bahsni o'tkazib yubordi. Shuningdek, “Qo'qon-1912” ga qarshi bahsda himoyachi Sardor Qulmatov va jamoa sardori Sanjar Rashidov maydondan chetlatilgan edi. Ular “Buxoro”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradilar. Jamoa ikki mahal mashg'ulotni olib boradi.

Eslatib o'tamiz, oliy liganing 15-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Buxoro” ni qabul qiladi. Bahs “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia