Sofascore. "Nol"ga o'ynagan Aliqulov va Husanov, gol urgan G'aniev kechagi uchrashuvlarda necha bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
17 avg 2025, 08:27
Kecha bir nechta o'zbekistonlik legionerlar o'z jamaoalari safida maydonga tushdi.

APLda to'p surayotgan Abduqodir Husanov 1-turda "Vulverxempton"ga qarshi 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

21 yoshli futbolchi Sofascore nashri tomonidan 7 bahoga loyiq ko'rildi.

"Rizerspor" jamoasi kecha Turkiya chempionatining 2-turida "Alanyaspor" mehmoni bo'ldi. Mehmonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Husniddin Aliqulov o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Hamyurtimiz 65-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Sofascore nashri Aliqulovga 7,4 baho qo'ydi

Shuningdek, kecha BAA chempionatining ilk turida "Al Bateh" mehmonda "Al Ayn"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Al Bateh" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G'aniev o'yinni asosiy tarkibda va to'liq harakat qildi. Hamyurtimiz 69-daqiqada jamoasining yagona golini penaltidan kiritdi.

Sofascore nashri futbolchimizning harakatlariga 6,7 baho qo'ydi.


KhojaMuallif
Manba: Sofascore