Sobiq hakam "Real" o'yinida belgilanmagan penalti haqida: "Futbolchining qo'li tabiiy holatda edi"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2019
Ispaniyalik sobiq hakam Xuan Anduxar Oliver "Real" - "Betis" uchrashuvida (1:1) belgilanmagan penalti haqida fikr bildirdi.

82-daqiqada sevilyaliklar himoyachisi Zuxair Feddal o'z jarima maydonchasi ichida Karim Benzema uzatmasini qo'li bilan qaytardi, ammo VAR tekshiruvidan keyin 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmadi.

"Bu penalti emas. Qo'l tabiiy holatda edi. Atayin qo'l bilan o'ynalmadi" - dedi Anduxar.

FOTO  "Real" direktori belgilanmagan penalti haqida: "VAR nega har xil qaror qabul qilishini tushunmayman"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca