

La Liganing 1-turidan o'rin olgan "Real" – "Osasuna" (1:0) o'yinining 50-daqiqasida mezbonlar hujumchisi raqib jarima maydonchasining o'ng tomonida Xuan Krusni aldab o'tishga urinib, yiqitildi.
Bosh hakam Adrian Vega 11 metrlik jarima to'pini belgilashga qaror qildi. Mbappening o'zi aniq zarba bilan "Real"ni 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi.
"Mbappe "Osasuna" himoyachisining oyog'ini bosdi. Bu penalti emas", – deb yozdi sobiq referi.



