

"Bilasizmi, murabbiy sizga gapirmasa, hech nimani talab qilmasa - shunchaki dahshat. Mourinyu - tug'ma g'olib. U barchani chegaradan chiqmagan holda boshqarishni istaydi. Joze butun faoliyati davomida shunday ishlagan va mevasini olgan.
OAV bizning o'rtamizdagi munosabatlarni yana kavlashtirayotganini o'qidim. Ammo ayni damda oldin ham birga ishlagan murabbiy bilan qayta faoliyat olib borish hech qanday muammo tug'dirmayapti", - dedi Smolling.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar Kris Smolling va Joze Mourinyu "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.



