Smolling: "Manchester Yunayted" "Barselona"ga o'zini ko'rsatish uchun imkon bermadi"

Aslanov Jasurbek
11 apr 2019
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Gol ura olmagan bo'lsakda, uchrashuvdagi vazifalarimizni bajardik. "Barselona"ga qarshi tez o'ynash kerak edi, chunki ular har hafta katta tezlikda harakat qiladigan jamoalar bilan o'ynamaydi. Birinchi bo'limda raqibni o'z darvozasi oldiga qamab qo'ydik. Keyin ortiqcha asabiylashdik, ammo baribir vaziyatlar yaratdik. "Manchester Yunayted" "Barselona"ga o'zini ko'rsatish uchun imkon bermadi" - deydi Smolling.

Uchrashuvdagi yagona gol 12-daqiqada "qizil iblislar" himoyachisi Lyuk Shou tomonidan urildi. Futbolchi avtogol muallifiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA