

Rossiyalik mutaxassis transfer bozori yopilguniga qadar 22 yoshli xavbekni ijara asosida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtiryapti. Toral “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ispaniyalik futbolchi so'nggi uch mavsumni ijara asosida “Glazgo Reynjers”, “Granada”, “Birmingem” va “Brentford” klublarida o'tkazgan edi. Toral hali “Arsenal” klubi asosiy tarkibida maydonga tushmagan. 2011 yilda futbolchi “Barselona”dan London klubi akademiyasiga ko'chib o'tgandi.



