Slot yozda Saloh, Trent Aleksander-Arnold va van Deyk jamoadan ketishi haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
6 fev 2025
"Liverpul" ustozi Arne Slot klub yetakchilari Virjil van Deyk, Muhammad Saloh va Trent Aleksander-Arnoldning shartnomalari muddati yozda o'z yakuniga etayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Slot Trent, Saloh va van Deyk yozda "Liverpul"dan ketishi mumkinligini inkor etmadi.

"Trent, Muhammad Saloh va Virjil van Deyk hali shartnomalarini uzaytirishmadi. Shuning uchun biz diqqatimizni jamlashimiz, keraksiz narsalarga chalg'imay, barchasiga tayyor turishimiz zarur" - dedi murabbiy.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо