Slot: "Yangi futbolchilarga qilingan barcha xarajatlar ham samarali bo'lmadi"

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning fikricha, jamoa katta transfer sarf-xarajatlaridan hali to'liq foyda ko'ra olmadi, bu esa jarohatlar silsilasi bilan bog'liq.

"O'ylaymanki, biz sarflagan mablag'lar haqida ko'plab fikrlar aytildi. Ammo, afsuski, qilingan barcha xarajatlar ham samara bermadi - bu futbolchilarning jarohat olishi bilan bog'liq", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Ayni paytda jarohat olganlar ro'yxatida: 26 yoshli shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isak, 19 yoshli italiyalik himoyachi Jovanni Leoni, 25 yoshli niderlandiyalik himoyachi Jeremi Frimpong bor.

Umuman olganda, bu uch futbolchining "Liverpul"ga transferi klubga taxminan 230 mln evroga tushgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN