Slavko Lukich "Qo'qon-1912" bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022
O'tgan mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazgan o'ng qanot himoyachisi, cerbiyalik tajribali futbolchi Slavko Lukich yangi futbol mavsumini ham qo'qonliklar tarkibida o'tkazadigan bo'ldi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, futbolchi bilan shartnoma bir yilga uzaytirilgan va ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.

O'tgan mavsumda Slavko Lukich "Qo'qon-1912" tarkibida 16 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати