"Slaviya" futbolchisi irqchilik tufayli 10 o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2021
UEFA rasmiy saytida Yevropa Ligasining 1/8 finali doirasidagi "Slaviya" hamda "Reynjers" jamoalari o'rtasidagi o'yinda kuzatilgan voqea bo'yicha muhokama jarayoni natijalari haqida ma'lumot taqdim etildi.

Tashkilot Chexiya klubi himoyachisi Ondrjey Kudelani shotlandiyaliklar futbolchisi Glen Kamarni irqiy haqorat qilganlikda aybdor deb topdi.

34 yoshli futbolchi ushbu huquqbuzarlik uchun 10 uchrashuvlik diskvalifikaciya bilan jazolandi.

O'z navbatida Kamara ham "Slaviya" futbolchisini urgani uchun tashkilot tomonidan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com